Спросить
Войти

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR RUHIYATIDA RANGLARNING AHAMIYATI

Автор: Berdiyeva Zilola Nomonovna

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR RUHIYATIDA RANGLARNING AHAMIYATI

Berdiyeva Zilola Nomonovna Navoiy viloyati, Navoiy shahri, 6-maktab

Annotatsiya: Maktabgacha ta&lim inson kamolotga yetkazish uchun poydevor hisoblanadi. Shunday ekan bola shaxsining har tomonlama rivojilanishida har bir detalning ahamiyati katta. Ushbu maqola orqali ranglar bolalar xarakterini, kayfiyatini, hattoki ichki olamiga ta&siri haqida so&z boradi.

Kalit so&zlar: Maktabgacha ta&lim, zamonaviy ta&lim, ranglar, xarakter, kayfiyat, qizil rang, yashil rang, inson ichiki olami.

THE IMPORTANCE OF COLORS IN THE SPIRIT OF PRESCHOOL

CHILDREN

Berdiyeva Zilola Nomonovna Navoi region, Navoi city, School №6

Abstract: Preschool education is the foundation for human development. Therefore, every detail is important for the full development of the child&s personality. This article discusses the impact of colors on children&s character, mood and even their inner world.

Maktabgacha ta&lim sohasi uzluksiz ta&lim tizimining birlamchi bo&g&ini hisoblanib, u har tomonlama sog&lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va maktabga tayyorlashda g &oyat muhim ahamiyat kasb etadi.

(Sh.M.Mirziyoyev)

"Maktabgacha ta&lim muassasalarining faoliyatini takomillashtirish to&g&risida"gi qarori asosida Davlat maktabgacha ta&lim muassasasi to&g&risida Nizom, Nodavlat maktabgacha ta&lim muassasasi to&g&risida Nizom, Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo&lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta&lim muassasasi to&g&risida Nizom, Maktabgacha ta&lim muassasasi tarbiyalanuvchilarining sog&lom va xavfsiz ovqatlanishini tashkil etish tartibi to&g&risida Nizomlarning tasdiqlanishi, shuningdek, 2017-yil 30-sentabr kuni Maktabgacha ta&lim vazirligining tashkil etilishi maktabgacha ta&lim sohasidagi tub o&zgarishlarning aksi desak mubolag&a bo&lmaydi.

www.openscience.uz 107 i m^^bi

Maktabgacha ta&lim tizimida amalga oshirilayotgan modernizatsiyaviy o&zgarishlar tarbiyachiga maktabgacha yoshdagi bolalarga ta&lim berishning shakl va usullarini erkin tanlash imkoniyatini yaratdi. Bugungi zamonaviy ta&lim sohasidagi asosiy natija u bola tomonidan qay darajada o&zlashtirib olingani, bu uning rivojlanishiga, shaxsda integrativ xislatlarning shakllanishiga qanchalik xizmat qilgani bilan belgilanadi. Pedagog tomonidan tanlab olingan ta&lim uslublari intellektual jarayonlarning shakllanishiga, masalaning yechimiga ijodiy yondashishga, tashabbuskorlikka, mustaqillikka va mas&uliyatga o&rgatishi, bolalarni mashq orqali o&z faoliyatini boshqarishga o&rgatmog&i lozim. Maktabgacha ta&lim sog&lom va har tomonlama rivojlangan bola shaxsini shaklantirish, o&qishga qiziqish uyg&otish orqali uni uzluksiz ta&lim olishga tayyorlashi zarur. Ta&kidlab o&tishim lozimki, maktabga bir yillik tayyorgarlik - bu klassik ma&nodagi faqatgina "o&rganish" degani emas. O&qituvchilar qiziqarli o&yinlar asosida o&quvchilarni ranglar, notalar, obektlar va atrof muhit hodisalari bilan tanishtiradilar. Bola birinchi sinfga chiqquniga qadar, yomg&irni do&ldan, avtobusni mashinadan, sabzavotni mevadan ajrata olish qobiliyatiga ega bo&ladi. Bu yoshda bolalar miyasi harakatchan, qiziquvchan va tez qabul qiluvchi bo&ladi. Shu sababli bola miyasini rivojlantirish, oziqlantirish juda muhim hisoblanadi.

Murg&ak bola qalbida Ona Vatan, Ona zamin, Ona tabiat va uni asrab-avaylash tushunchasi bolalikdan shakllangan bo&lishi lozim. Mana shunday barkamol shaxslarni tarbiyalab voyaga yetishi uchun hozirgi kunda mamlakatimizda ancha buncha ishlar qilinmoqda. Shunaday imkoniyatlardan biri qurilayotgan binolarga va ularni bezash ishlari ham bola rivojlanishi uchun muhim ahamiyatliligi haqida so&z yuritsak.

Bunday binolardan viloyatimizda ham ko&plab qad ko&targanlarini ko&rishimiz mumkin. Karmana tumanida yaqindagina qad rostlab, o&z ish faoliyatini boshlagan "Amirxon"nomli MTT binosi yo&ldan o&tgan ketgan insonlarni tashqi ko&rinishi bilan o&ziga jalb qiladi. Chunki bino devoridagi har xil ranglar kishi ko&zini quvnatadi. Ayniqsa, bolajonlarga ko&tarinki kayfiyat bag&ishlaydi. Ranglar inson xarakterini, kayfiyatini, hattoki ichki olamini o&zgartiradigan xususiyatga ega ekanligini tanolmasdan ilojimiz yo&q. Olib borilgan tadqiqotlar natijasi shuni ko&rsatadiki, maktabgacha yoshdagi bolalarning 70 foizdan ko&prog&i yorqin ranglarni xush ko&rishar ekan. Masalan:pushti rang, havo rang, sabzi rang. Biroq yorqin ranglar turkumiga kirmasa ham MTT xonalarida yashil rangga urg&u berish lozim. Chunki bu rang asabni tinchlantiradi, ko&zni toliqtirmaydi va umuman olganda ijobiy xususiyatlari ko&p. Ayniqsa, doska, parta, stol, stul, shkaf kabi jihozlar, devordagi stend, plakatlar yashil rangda bo&lsa foydadan holi emas. Ko&p hollarda bolalarning mashg&ulotni a&lo darajada o&zlashtirishi xona muhitiga bogliq boladi. Chunki, nafaqat bolajonlar balki, biz kattalar ham sharoit va rang ta&sirlariga tez moslahamiz

www.openscience.uz 108 i m^^bi

va kafiyatimiz xona yoki ish kabenitimizning sharoitiga qarab o&zgarib turishini ongli ravishda bilamiz. Bu faqatgina yashil rang bilan chegaralanib qolish degani emas, albatta. Bola ichki dunyosini yanada go&zallashtirish maqsadida boshqa ranglardan ham o&z o&rnida foydalanish kerak.

Ranglar va ularning xususiyatlari to&g&risida qancha ko&p fikr yuritsakda, faqat foydali tomoni bilan cheklanib qolamiz. Ammo ranglar inson tafakkuriga qarab Haddan ortiq to&q ranglar inson kayfiyatiga salbiy ta&sir ko&rsatishi aniqlangan. Ayniqsa qizil rang e&tiborni tortishi barobarida markaziy asab tizimiga ham ta&sir etadi. Qora esa inson ichki dunyosini torayishiga, jizzaki bolib qolishga, hamda boladagi qobiliyatlar bir qolipda rivojlanmay qolishi ehtimolini beradi. Aminmizki, bolajonlarga talim-tarbiya berishda turli tuman ranglar jilosidan foydalanishimiz lozim. Tasviriy san&at mashg&ulotlarida ularning rassomligini, ijodkorligini munosib taqdirlashimiz, hamisha ularni poklikka, go&zallikka chorlashimiz darkor. Yoshlikdanoq ular dunyoni eng chiroyli va nafis ranglarda tasavvur qilishsin. Zero, bolajonlarni kichik yoshdanoq beg&uborlikka oshno etib tarbiyalasak, kelajakda ulardan ijodkor qalb sohiblari yetishib chiqishi shubhasizdir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Maktabgacha tarbiya pedagogikasi. P. Yusupova. — T. , «O&qituvchi»1993.
2. O&zbekiston Respublikasi Prezidentining "2017-2021 yillarda maktabgacha ta&lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to&g&risida"gi PQ-2707-sonli Qarori, 2016 yil 29 dekabr.

References

1. Maktabgacha tarbiya pedagogikasi. P. Yusupova. — T. , «O&qituvchi»1993.
2. O&zbekiston Respublikasi Prezidentining "2017-2021 yillarda maktabgacha ta&lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to&g&risida"gi PQ-2707-sonli Qarori, 2016 yil 29 dekabr.

www.openscience.uz

109
maktabgacha ta’lim zamonaviy ta’lim ranglar xarakter kayfiyat qizil rang yashil rang inson ichiki olami preschool modern education
Другие работы в данной теме:
Контакты
Обратная связь
support@uchimsya.com
Учимся
Общая информация
Разделы
Тесты